AOKAda Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda "Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, jarima ballari 12 balldan oshsa, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi
Qonun bilan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra quyidagilar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi:
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgani uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilishi;
Bunda:
⁃ Belgilangan huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan mazkur huquqbuzarliklarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima balining eng yuqori miqdori 2 balldan oshmasligi kerak.
⁃ Jarima ballari belgilangan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan eʼtiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballari bir yil o‘tgach transport vositasining haydovchisidan avtomatlashtirilgan tarzda yechiladi.
⁃ Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oshgan hollarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan tartibda qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmasligi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22514 | Инструменты