Huawei 1
Javlonbek Umarxo‘jayev Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaroriga muvofiq, Javlonbek Umarxo‘jayev Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Javlonbek Umarxo‘jayev 2023-yil 9-avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilayotgan edi.

U mehnat faoliyatini 2008-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida boshlagan. 2009—2018-yillarda MAK aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 

2018—2021-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Toshkent-Sharq” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 2021—2023-yillarda Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62722 | Инструменты