Huawei 2
27-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarni mukofotladi

Prezidentning “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”ga farmoni imzolandi.

Zomin texnoparkida ilk investitsiya loyihalari qurilishi boshlandi

Prezident Zominda xitoylik investorlarning rejalari bilan tanishdi va yangi loyihalarga start berdi. Endi tumanda Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Texnopark” maxsus sanoat zonasi barpo etilmoqda. Buning uchun 400 gektar yer maydoni ajratilgan. Uni infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

O‘zbekiston va O'mon o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O'mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan uchrashdi.

JCh-2026 saralashi, 3-bosqich. O‘zbekiston Eron va Qatar bilan bir guruhdan o‘rin oldi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati Osiyo qit’asi bo‘yicha 3-bosqich bahslariga qur’a tashlandi.

May oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish kamaydimi? –Energetika vazirligi munosabat bildirdi

Energetika vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil may oyida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 5,8 foiz ko‘p bo‘lgan.

Tijorat banklarida ipoteka kreditlari qoldig‘i 432 milliard so‘mga o‘sgan

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, joriy yilning may oyida tijorat banklari ipoteka kreditlari qoldig‘i 432 mlrd so‘mga o‘sgan. O‘tgan yilning may oyida esa banklarning ipoteka portfeli 918 mlrd so‘mga o‘sgan edi.

O‘zbekiston eksklav hududlarida Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolariga nisbatan soddalashtirilgan bojxona nazorati o‘rnatilishi mumkin

Respublikaning eksklav hududlarida Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolariga nisbatan soddalashtirilgan bojxona nazorati o‘rnatilishi Qirg‘iziston va Tojikistonning eksklav hududlarida doimiy yashaydigan O‘zbekiston fuqarolariga ham soddalashtirilgan bojxona nazorati o‘rnatilishini taʼminlaydi.

O‘zbek migrantlarini AQSHga olib kirgan transchegaraviy guruh ISHID bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda

AQSH Ichki xavfsizlik departamenti mamlakatga 400 nafardan ortiq migrantlarni noqonuniy olib kirgan transchegaraviy guruhni ISHID bilan aloqadorlikda tekshirmoqda.

"Yuksalish" Toshkentda yo‘lovchilarning jamoat transporti haqidagi fikrini o‘rgandi

Yo‘lovchilar baʼzi yo‘nalishlarda haligacha eskirgan avtobuslar harakatlanayotganini, ular yo‘llarda tez-tez ishdan chiqayotganini yoki yong‘inlar kelib chiqayotganini muammo sifatida qayd etgan. Ayrim avtobuslarning harakatlanish jadvaliga muvofiq yurmasligi ham shular qatorida.

O‘zbekiston Qozog‘istondagi mehnat migrantlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi

2024-yil 1-iyun holatiga, Qozog‘istonda berilgan ruxsatnomalar bilan 13,9 ming nafar chet el fuqarosi mehnat qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63010 | Инструменты