Xalqaro yoshlar ekologik oromgohi ishtirokchilari Ziroat Mirziyoyeva va mehmonlar bilan birgalikda Samarqand viloyatidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘iga tashrif buyurdi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi xabar berdi.
Hammalari birgalikda bog‘, uning to‘qayzorlari va yaqindagina qirilib ketish arafasida turgan Buxoro bug‘ularini ko‘zdan kechirdi.
Qo‘riqxonada bo‘lish nafaqat tabiat go‘zalligidan zavqlanish imkoniyati, balki ekotizimlarni asrash va ularning bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi haqida muhim eslatma bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12612 | Инструменты