Huawei 1
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudyasi odobsizlik qilgani tekshiriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tuman sudining raisi Adolat Xamrayevaga oid xabar tarqaldi.

Maʼlum qilinishicha, u 8-yanvar kuni shunday degan: “Sen borib turmadan so‘ra, adolat kimligini. Vaziyatingga tupurib qo‘ygan joyim bor”.

Holat bo‘yicha to‘liq maʼlumot keltirilmagan. Mazkur vaziyat yuzasidan Sudyalar oliy kengashi izoh berdi.

Taʼkidlanishicha, Sudyalar oliy kengashi tavsiyasiga ko‘ra, holat Qashqadaryo viloyati sudlari sudyalari malaka hayʼati huzuridagi Sudyalar odob komissiyasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqiladi.

“Shuningdek, tarmoqdagi xabarda sudyaning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish hamda sud ishiga bilvosita taʼsir o‘tkazishga urinish alomatlari mavjudligidan kelib chiqib, Kengash tomonidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritilishi ham maʼlum qilinadi”, deyiladi xabarda.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11117 | Инструменты