Jizzax viloyatidagi tuman hokimliklaridan birining yuriskonsulti pora bilan qo'lga olindi
Jizzax viloyatidagi tuman hokimliklaridan birining yuriskonsulti xizmat mavqeidan foydalangan holda, o‘z vakolatiga kirmasligini bila turib, chorvachilik va baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning boshqaruvi bo‘yicha yuzaga kelgan muammoni tanishlari orqali mazkur xo‘jalikning qonuniy rahbari foydasiga hal qilib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.
Ta’kidlash lozimki, u muqaddam Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan sudlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61223 | Инструменты