2025-yil 25-mart kuni soat 14:00 larda Sharof Rashidov tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan shaxs o‘ziga tegishli Gentra rusumli transport vositasiga yoqilg‘i quyish maqsadida Sharof Rashidov tumani Pastki Suloqli MFYda joylashgan AYOQShga kelib, benzin mahsuloti uchun to‘lov qilgan.
Mazkur shoxobcha operatori — Sharof Rashidov tumani Yangidiyor MFYda yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro yoqilg‘i quyib bo‘lgach, avtomobilning yoqilg‘i idishi qopqog‘ini yopmagan.
Shu sababli Gentra avtomashinasi egasi unga: “Nima sababdan qopqog‘ini yopmading?” deb e’tiroz bildirgan va turli haqoratli so‘zlar aytib, unga qo‘li va oyog‘i bilan urib, tepib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, hozirda sud tibbiy ekspertiza tayinlangan va zo‘ravonni javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 33118 | Инструменты