Huawei 1
31-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Xo‘jand shahrida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

O‘zbekiston Slovakiya bilan migratsiya oqimini raqamlashtirish ustida birgalikda ishlaydi

O‘zbekiston delegatsiyasi Slovakiya Respublikasining qator rasmiy idoralari, xususan, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Mehnat, ijtimoiy masalalar va oila vazirliklari mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Slovakiyadagi avtozavodlarga ishchi kuchi yetkazib beradigan dunyoning yirik rekruting kompaniyasi bilan Migratsiya agentligi kelishuvga qo‘l qo‘ydi

“Volkswagen”, “Peugeot”, “Volvo” hamda “Jaguar Slovakia”kabi Slovakiyadagi avtozavodlarga ishchi kuchi yetkazib beradigan dunyoning yirik rekruting kompaniyasi bilan Migratsiya agentligi kelishuvga qo‘l qo‘ydi. Imzolangan Hamkorlik memorandumiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarini logistika, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa muhim sohalarga jalb qilish yana-da kengayadi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi

Prezidentlar huzurida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari almashildi.

Qishloq xo'jaligida yerdan foydalanish samaradorligi oshiriladi

2025-yil 1-apreldan auksion savdolarida yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to'lovlarni bo'lib-bo'lib to'lash va to'lov to'liq to'langanda chegirma berish tartibi bekor qilinadi, ushbu to'lovlar 15 ish kuni ichida to'liq to'lanishi shartligi belgilandi.

Andijondagi masjidda portlash bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi "tarixiy shartnoma" imzolandi

O‘zbekiston prezidenti davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsolini ochdilar

Xo‘jand shahrida o‘tayotgan oliy darajadagi tadbirlar dasturiga muvofiq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Do‘stlik stelasini tantanali ravishda ochdilar.

Samarqanddagi oliygohlar talabalariga ta’til berildi

3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan shahardagi ayrim oliy ta’lim muassasalariga qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi.

O‘zbekiston 2 oyda 175,1 mln AQSH dollarlik meva va sabzavot eksport qilgan

2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston qiymati 175,1 mln AQSH dollarlik 193 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

O‘zbekistonda yangi yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarildi

Ushbu poyezd zamonaviy o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lib, tarkibida 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom klassdagi vagonlar, 1 ta restoran vagon hamda tarkibni quvvatlash uchun 1 ta dizel vagonidan tashkil topgan.

Ish haftasi davomida kuzatiladigan ob-havo prognozi e'lon qilindi

"O'zgidromet" xizmati 1-4-aprel kunlariga ob-havo prognozini e'lon qildi.

Andijonda Spark haydovchisi YPX inspektorini urib, qochib ketdi

YTH sodir etgan Spark haydovchisi mast holatda bo‘lgani, haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilganligi maʼlum bo‘lgan.

Qashqadaryoda 751 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40207 | Инструменты