Tehran Times gazetasining yozishicha, Eron boʻylab raketalar AQSh tomonidan kuchaygan taqdirda uchirishga tayyor.
Nashrning yozishicha, bu raketalarning salmoqli qismi havo hujumlariga bardosh bera oladigan yer osti bazalarida joylashgan.
Bir kun avval AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Tehron Vashington bilan yadroviy qurol bo‘yicha kelishuv tuzmasa, Eronga harbiy hujum va ikkilamchi tariflar qo‘llanilishini aytgan edi. 28-mart kuni Tramp agar davlatlar yadroviy dastur bo‘yicha kelishmasa, “Eron bilan juda yomon voqealar sodir bo‘lishini” aytdi.
Mart oyi boshida AQSh prezidenti Eron rasmiylariga maktub topshirdi, unda u Tehron ikki oy ichida yangi yadroviy bitim tuzishdan bosh tortsa, harbiy choralar ko‘rish bilan tahdid qilgan edi. Eron Qo'shma Shtatlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazishdan bosh tortdi, ammo bilvosita aloqalar imkoniyatini ochiq qoldirdi.
2018-yilning 8-may kuni, prezidentlik faoliyatining birinchi muddatida Tramp mamlakat Eron yadroviy kelishuvidan chiqishini e’lon qildi. Shundan so‘ng Amerika prezidenti Qo‘shma Shtatlar Eron yadro qurolini ishlab chiqishda davom etayotgani va shu tariqa kelishuv shartlarini buzayotgani haqida dalillar borligini aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40206 | Инструменты