Huawei 1
Jizzaxda ikki nafar vaynerning YPX xodimlari haqida hazil videolari uchun 15 va 10 sutkaga qamalishi noqonuniy deb topildi

Avvalroq, Jizzaxda ikki nafar vayner YPX xodimlari haqida video olib, videoda vaynerlardan biri kepka va jilet kiyib rol ijro etgandi. Shundan so‘ng, Jinoyat ishlari bo‘yicha Gʻallaorol tuman sudi kepka va jilet IIO xodimining xizmat formasi ekanini bildirib, vaynerlarga 10-15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagandi.

Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat qayta o‘rganib chiqilganda, sud qarori noqonuniy tayinlangani aniqlangan. Shu sababli, Gʻallaorol tumani prokuraturasi tomonidan qarorni bekor qilish yuzasidan apellyasiya tartibida protest keltirildi.

"Protestga asosan ma’muriy ish Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, vaynerlarning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb topilib, ular sud zalidan qamoqdan chiqarilgan holda buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты