Jizzaxda kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. Jizzax shahridagi “E.” o‘quv markazida o‘quvchi abituriyentlarga oliy o‘quv yurtlariga kirishi uchun kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olish uchun test savollari va javoblarini olib berishi evaziga o‘quv markazi xodimi Sh.X.dan firibgarlik yo‘li bilan 156 mln so‘m va 8 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin “TOEFL IBT” sertifikati olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50519 | Инструменты