Huawei 1
Jizzaxda yuk mashinasi YTHga uchradi

Bugun, 26-oktyabr kuni soat 09:30 larda Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, "Buyuk ipak yo‘li" MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 957-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 1986-yilda tug‘ilgan E.Q. boshqaruvidagi “Faw” rusumli hamda 1993 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi "Howo A7" rusumli yuk avtomobillari to‘qnashib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102622 | Инструменты