Huawei 1
Jizzaxdagi qo‘riqxonada arxarlar galasi videoga olindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Nurota davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Qizilqum arxarlari galasi mobil tasvirga olindi.

Ma'lumot uchun, Nurota davlat qo‘riqxonasi 1973-yil 4-dekabrda Jizzax viloyatida tashkil qilingan bo‘lib, Nurota tog‘ tizmalarining markaziy qismi va shimoliy yon bag‘irlarida joylashgan. Hududda hayvonot dunyosining 247 turi ro‘yxatga olingan va ulardan 31 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. 

Xususan, Qizilqum arxari ham zaif, qisqarib borayotgan tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati hamda CITESning II Ilovasidan joy olgan. U 1991-yildan buyon Nurota qo'riqxonasida ko‘paytirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10813 | Инструменты