Huawei 1
Jizzaxdagi shifoxonada yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqning biri o‘g‘irlab ketildi

Jizzaxdagi shifoxonada yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqning biri o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Jizzax IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28-yanvar kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumani Yorqin shaharchasida yashovchi ayol Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialida egizak farzandlarni dunyoga keltirgan.

Shundan so'ng, 31-yanvar kuni taxminan kechgi soat 19:30 larda 25-30 yoshlardagi yuziga tibbiy niqob taqqan notanish ayol jabrlanuvchining xonasiga kirib, “bolangizni shifokor ko‘rigiga olib boraman” – deb, chaqaloqni olib ketib qaytib kelmagan.

Xabar berilishicha, ushbu chaqaloq ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida topilgan. 

Hozirda Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20416 | Инструменты