Jurnalist va yozuvchi Erkin Samandar 90 yoshida vafot etdi

Erkin Samandar (Samandarov) 1935-yil 22-martda Xiva shahrida tug‘ilgan. Xorazm pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan.

U mehnat faoliyati davomida Xorazm viloyati radioeshittirish qo‘mitasida, O‘zbekiston televideniyesi "Yoshlik" studiyasida, "Xorazm haqiqati" gazetasida bosh muharrir lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari (1990−93) bo‘lib xizmat qilgan.

Marhum yigirmaga yaqin she’riy majmualar, yuzdan ortiq qo‘shiq hamda bir qancha dostonlar, "Javohir", "Ajdodlar qilichi", "Bashorat", "Jaloliddin Manguberdi" kabi o‘nga yaqin tarixiy pesalar muallifi hisoblanadi.

Shuningdek, "Daryosini yo‘qotgan kirg‘oq" (1988), "Tangri qudug‘i" (1994) va boshqa romanlarni ham yozgan.
Erkin Samandar 1989-yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist" faxriy unvoni, 2019-yilda "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты