Kam taʼminlangan oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martali kompensatsiya oladilar.
Isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal to‘lovlarga xarajatlar ortadi. Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish uchun, davlat yilda bir marta quyidagilar bo‘yicha yordam puli, yaʼni 270 ming so‘m to‘laydi:
- asosiy ro‘yxat bo‘yicha. Unga "Yagona ijtimoiy himoya reyestri" orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln oila);
- qo‘shimcha ro‘yxat bo‘yicha. Unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).
Pul kartaga 2024-yil 27-noyabrdan keyin o‘tkaziladi. Murojaat qilish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tezkor liniyasi ishlamoqda — 1140.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41221 | Инструменты