Huawei 1
Kambag‘al oilalar toifalarga ajratiladi

“Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 15 maydan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.

“Qizil” toifaga – oila aʼzolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

- aʼzolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;

- parvarishga muhtoj aʼzosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;

- o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;

- boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila;

“Sariq” toifaga – oila aʼzolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam bo‘lgan hamda aʼzolari sog‘lig‘i holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan oilalar kiritiladi.

“Yashil” toifaga – oila aʼzolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

- oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan bo‘lsa;

- oilaning Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilishi ehtimoli yuqori bo‘lsa.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51300 | Инструменты