“2025-yilda aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
2025-yil 1-fevraldan kasblarga o'qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo'lgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan ko'p davom etadigan o'quv kurslariga qabul qilingan Kambag'al oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a'zolariga to'lanadi.
2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag'al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o'qitish xarajatlarini qoplab berish bo'yicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o'tkaziladi.
Mahallalarda kambag'al oila a'zolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan “Farovon hayotga ilk qadam”, “Ishonch” loyihalari va “Ma'rifat orqali kambag'allikni qisqartirish” dasturi amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12115 | Инструменты