Huawei 1
Kambag'al oilalarga tadbirkorlik bilan shug'ullanishi uchun foizsiz ssudalar ajratiladi

“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta'minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-64-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, aylanma mablag'lari bilan ta'minlash hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a'zolariga o'z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o'rniga foizsiz ssuda ajratish tizimini joriy etiladi.

Aholi tomonidan qiziqish bildirilmagan, uzoq davr mobaynida foydalanilmayotgan va samaradorligi past bo'lgan subsidiyalar bekor qilinadi hamda bir-birini takrorlovchi subsidiyalar birlashtiriladi.

Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo'nalishlaridan kelib chiqib, kambag'al oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shug'ullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratiladi.

2026-yil 1-yanvardan aholiga naqd pul shaklida beriladigan moliyaviy yordamlar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali ajratiladi.

2025-yil 20-martgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Subsidiya, ssuda va grantlarning samaradorligini baholash va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2025–2027-yillarda “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22100 | Инструменты