Huawei 1
Keksalarga mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar uchun 20% chegirma e’lon qilindi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” “Keksalar uchun turizm oyligi” munosabati bilan 20% chegirma e’lon qildi.

Chegirmalar joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha barcha mahalliy yo‘nalishlar uchun (“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdidan tashqari) amal qiladi.

Chegirmalar 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun mazkur sanalarda harakatlanadigan mahalliy yo‘nalishlarga amal qiladi.

Chiptalarni O‘zbekiston temir yo‘l kassalaridan pasport yoki ID-karta taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100819 | Инструменты