Huawei 1
Surxondaryoda "Jiguli" kanalga tushib ketdi

Bugun, 8-oktabr kuni soat 09:48 da Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani “Guliston” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “ZANG” kanalining Nurli kelajak ko‘chasi qismiga ushbu ko‘chada yashovchi fuqaroning “VAZ-2106” rusumli avtomashinasi tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda hech kim bo‘lmagan. Ma’lum bo‘lishicha haydovchi avtomobilni qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100821 | Инструменты