Huawei 1
“Tashkilotchilar bittagina urinish berdi. Unda sakray olmay, yugurib o‘tib ketdim” — Asila Mirzayorova

Parij Paralimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Asila Mirzayorova musobaqada uchragan qiyinchiliklari haqida so‘zladi

“Jonli efir musobaqaning faqat boshlangan paytidan olib beradi. Sakrashgacha 32 metr yuguraman-ku, o‘sha “razbeg” deyiladi bizda. Biz bu masofani metrda o‘lchab olishimiz kerak, keyin unga 2-3 marta sakrab ko‘rishimiz kerak. O‘yingohda 5 ming metrga yugurish turniri boshlanib qoldi. Musobaqalar bir vaqtga qo‘yilgan ekan. Stadion juda shovqin edi, men hech narsa eshita olmadim. Tashkilotchilar bittagina urinish berdi. Shunda ham sakray olmadim, yugurib o‘tib ketdim. Murabbiyim ulardan yana bitta “probniy” berishini so‘radi. Ammo vaqt yopilib qoldi. Musobaqa vaqti boshlanib qoldi. O‘shanda bizga hakamlar qizil kartochka ko‘rsatdi. Shunda men “probniy” kerakmas, o‘zim sakrayman, dedim — boshqa ilojim yo‘q edi. 

Bizda bir metrlik doska bor. O‘shanga tushishni tekshirvolishimiz kerak. Agar unga yetmasak, kam natija ko‘rsatasiz. Agar undan o‘tib ketsangiz, hisobga olmaydi.

Xudoga shukr, bir xil tempda yugurganim uchun yaxshi tushvoldim”, dedi Mirzayorova.

Bundan tashqari, sportchi ikki musobaqa bir vaqtda kelib qolgani qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirganini ma’lum qildi.

“Shu paytda (uzunlikka sakrash musobaqasi payti) 400 metrga yugurish musobaqasi boshlandi. Unda qatnashmayman desam, hakamlar yana qizil kartochka ko‘rsatishmoqchi. Noiloj ikkinchi urinishdan so‘ng yugurib keldim. Ikkita musobaqada ishtirok etish qiyin. Men bittasini tanlashga majbur bo‘ldim. Musobaqada sekin yugurib kuch tejab qoldim va sakrashda davom etdim. Olimpiadaga 4 ta sport turida litsenziyani qo‘lga kiritdim: 100, 200, 400 metrga yugurish va uzunlikka sakrash musobaqalari uchun. Murabbiy bitta bo‘lsa-da oltin medal olishim kerakligini aytdi, shuning uchun asosiy e’tiborni sakrash musobaqalariga qaratdik”, deydi Olimpiada rekordchisi.

Avvalroq, sportchi qanday qilib ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani, hali ham ko‘rish qobiliyatini tiklashga umid qilayotganini ma’lum qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты