Huawei 1
Buxoroda salonida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus YTHga uchragan edi: sud avtobus haydovchisiga hukm o‘qidi

Joriy yilning mart oyida Buxoro viloyati Kogon tumani Yangihayot mavzesida salonida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus asosiy yo‘lda kelayotgan “Howo” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib, ketgan va natijada tumandagi 5-maktabning 2 nafar o‘quvchisi bevaqt hayotdan ko‘z yumgan edi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudi sudyasi Dilshod Naimovning bildirishicha, sud-tergov jarayonlarida barcha jabr ko‘rgan yo‘lovchilar haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi haqida ko‘rsatuv berishgan. Bir nechtasi davolanishi va salomatligini tiklashi uchun 10 milliondan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ undirib berilishi talabi bilan chiqqan.

Bundan tashqari, haydovchi o‘z xatti-harakati bilan boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan “Isuzi” rusumli avtobusga 28,7 mln so‘m, "Gala Osiyo Soxtimon" xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan “Shacman” rusumli yuk avtomashinasiga 61,4 mln miqdorida moddiy zarar yetishiga sababchi bo‘lgan.

Sudlanuvchi M.M. sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, barcha miqdorli xarajatlarni qoplashini aytgan.

"Men boshqarib borayotgan avtobus tezligi o‘rtacha 50-55 kilometr tezlikda edi. Yo‘l svetoforining ishlamayotganini ko‘rdim.  Biroq, yo‘l kesishuv chorrahasidan ancha uzoqroqda bo‘lgan boshqa bir yuk avtomashinasi yetib kelgunicha chorrahani kesib o‘tishga ulguraman, deb o‘ylagan edim. Afsus, afsus... ulgurolmadim. Ikki yosh o‘quvchining umriga zomin bo‘ldim. Boshimni urib yorsam ham endi dardimga davo yo‘q. Laʼnatu qarg‘ishlarga giriftor bo‘ldim. Bu vijdon azobi, ko‘ngil og‘rig‘i to umrim oxirigacha yetarli bo‘ldi. Aybimga iqrorman…" - degan haydovchi.

Sudlanuvchi M.M. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasining (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli, deb topilgan. Unga nisbatan shu modda bilan 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqi qo‘llanilgan hamda 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100821 | Инструменты