Huawei 1
Kelasi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi

"O'zgidromet" xizmati 11-13-dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 11 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 12 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq, 13 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o’zgarib turadi, 11 dekabr ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor). 12-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 dekabrda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 1-6° iliq, 12 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 13 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, Navoiy viloyatining shimolida 11 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 12 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq, 13 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, 11 dekabr ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor). 12 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog’ishi mumkin, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 dekabrda kechasi 2°-3° , kunduzi 5-10° iliq, 12 dekabrda kechasi 5-10° мороза, kunduzi 3-8° sovuq, 13 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo’ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o’zgarib turadi, 11 dekabr ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor). 12-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 12 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 2-7° iliq 13 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo’ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida  havo o’zgarib turadi, 11 dekabr ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor). 12 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog’ishi mumkin, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 dekabrda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 12 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq, 13 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo’ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, 11-12 dekabrda qor yo‘g‘аdi, 11 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, 13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 12-13 dekabrda kechasi 10-15° sovuq gacha pasayadi, kunduzi 4-9° sovuq bo‘ladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga