Huawei 1
Kelgusi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozi e'lon qilindi

"O‘zgidromet" 29-31-iyul kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 30-31 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29 iyulda +20...+25 daraja, 30-31 iyulda +18...+23 daraja, kunduzi 29 iyulda +28...+33 daraja, 30-31 iyulda +34...+39 darajagacha ko‘tariladi.

Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29 iyulda +20...+25 daraja, 30-31 iyulda +18...+23 daraja, kunduzi 29 iyulda +28...+33 daraja, 30-31 iyulda +34...+39 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 29-30 iyulda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 iyulda +25...+30 daraja, 31 iyulda +22...+37 daraja, kunduzi 29 iyulda +34...+39 daraja, 30 iyulda +36...+41 daraja, 31 iyulda +36...+41 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi 29 iyulda +36...+41 daraja, 30-31 iyulda +34...+39 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25...+30 daraja, kunduzi 29 iyulda +38...+43 daraja, ba’zi joylarda +45 darajagacha, 30-31 iyulda +36...+41 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 29-30 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi 29 iyulda +36...+41 daraja, 30-31 iyulda +34...+39 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi 29-30 iyulda +27...+32 daraja, 31 iyulda +24...+39 darajagacha bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты