Rustam Payzrahmanovich Yusupov Prezidentning tegishli qaroriga asosan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi markaziy apparati, tizimosti korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Rustam Payzrahmanovich Yusupov Prezidentning tegishli qaroriga asosan tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga, Azam Alisherovich Qodirxo‘jayev Hukumatning tegishli qarori bilan Geologiya fanlari universiteti rektori lavozimiga tayinlangan.
“Vazir Bobur Islomov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan sohaga berilayotgan e’tibor sabab qator yutuqlar qo‘lga kiritilayotgani, katta loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga sohada kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi, xorijiy tajribani o‘rgangan holda ta’limda yangi marralarni zabt etish muhim ahamiyatga ega ekani, inson resurslarini to‘g‘ri boshqarish katta natijalarga erishishga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32115 | Инструменты