Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Gretsiyaning Kosta-Navarino shahrida o‘tkazilayotgan 144-sessiyasida yetti nafar nomzod orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Zimbabvelik 41 yoshli Kirsti Koventri sakkiz yillik muddatga saylandi. Bu haqda qo‘mita xabar bermoqda.
Kirsti Koventri 2013-yilda saylangan va 2021-yilda qayta saylangan Tomas Baxning o‘rnini egallaydi. U 97 ta ovozdan 49 tasini olgan. Yangi saylangan prezident Koventri XOQ prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili bo‘ldi.
Saylangan prezident 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan so‘ng lavozimga kirishadi. Shu paytgacha o‘z lavozimida qoladigan prezident vakolatlarini topshirgach, XOQ a’zosi vakolatlarini ham zimmasidan soqit qiladi va faxriy prezident lavozimini egallaydi.
“Bu g‘oyat g‘aroyib lahza. To‘qqiz yoshli qizaloq bo‘lganimda, bir kun kelib bu yerda turib, bu ajoyib harakatga hurmat bajo keltirishimni hech o‘ylamagandim”.
Bu nafaqat ulkan sharaf, balki har biringiz oldida ushbu tashkilotga g‘urur va qadriyatlar asosida rahbarlik qilish majburiyatimni ham eslatib turadi. Men shunday qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan juda-juda faxrlanasiz va umid qilamanki, ishonch bildirasiz. Oldinda bizni hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi g‘oyat ajoyib bo‘ldi”, dedi saylangan prezident Koventri sessiya ishtirokchilariga.
Koventri Milan va Kortinada o‘tkaziladigan 2026-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘zining birinchi Olimpiadasi sifatida nazorat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32805 | Инструменты