Konstitutsiyaga "Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi", degan norma kiritilmoqda
O'zbekiston Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish bo'yicha umumxalq muhokamasi qariyb 2 oy davom etdi. Joriy yil 1-avgust sanasida ushbu siyosiy jarayon tugagani haqida xabar bergan edik. Unda fuqarolar tomonidan 100 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Har bir taklif maqsadli kelajak tomon yo'naltirildi. Shuningdek, Konsitutsiyada o'zgartirilayotgan har bir bob va moddalar tahlil qilindi. Yillar o'tib samarasiz bo'lib qolgan moddalarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha takliflar yig'ildi.
Shu o'rinda, ayollarning mehnat huquqlari masalasi mamlakatimizda ko‘p yillar davomida bahsli bo‘lib kelgan. Masalan, tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish normalari kamaytirilgan holatda ular avvalgi ishlaridagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq ishga o‘tkazilishi belgilangani uchun ba’zi tashkilot rahbarlari bunday ayollarni shunchaki ishga olishdan bosh torta boshlagan.
Bunjday muammolar jiddiy chora ko‘rishni, ratsional yechimni talab qilishi kundek ravshan edi va mana shu o‘rinda ayollarning mehnat qilish huquqini Konstitusiyada aniq tarzda belgilash taklif qilindi.
Amaldagi Konstitusiyaning 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egaligi ta’kidlangan. Biroq bu modda homilador va kichik yoshli farzandlari bor ayollarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashda yetarlicha samara bermadi. Yangi tahrirdagi Konstitusiyaga "Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi", degan norma kiritilmoqda. Bu taklif albatta ayollar foydasi uchun ish beradi degan umiddamiz...
Alpha version: 0.9.1.19 build 51122 | Инструменты