Huawei 1
Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish bo'yicha umumxalq muhokamasi yakunlandi

Joriy yilning 15-iyul kuni bo'lib o'tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig'ilishida, Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish bo'yicha muhokama 1-avgustgacha uzaytirilishi ma'lum qilingan.

Bugun, 1 avgust soat 00:00 holatiga ko‘ra, umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qilish to‘xtatildi.

Shu muddat davomida fuqarolardan 120 mingga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Aniq raqamlar bo'yicha 30-iyul holatiga ko'ra, 117 ming 357 ta taklif qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitalari xalqdan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51221 | Инструменты