Huawei 1
Koronavirus bilan kasallangan o‘zbekistonlik bemor bilan aloqada bo‘lganlar izolyatsiyaga olinadi

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligi direktori Bahrom Almatov bayonot berdi.

Uning ta'kidlashicha, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlanganiga qaramay, tashvishlanish uchun sabab yo'q. Bemor va u bilan kelgan yo'lovchilar, shuningdek, bemor bilan aloqada bo‘lganlar ro'yxati tuzilgan, ularni tibbiy nazoratga olish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Bahrom Almatov vahima qo'zg'amaslikni va shaxsiy gigiena qoidalariga e'tibor berishni, xonalarni toza saqlashni, jamoat transportidan foydalangandan so'ng antiseptik vositalardan foydalanishni va qo'llarni sovun bilan tez-tez yuvish kerakligini aytib o‘tdi.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21312 | Инструменты