Huawei 1
Buxoroda gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portladi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida xonadon portladi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2025-yil 12-fevral kuni soat 22:40 larda viloyat IIBdan olingan xabarga ko'ra, shu kuni taxminan soat 22:00 larda G'ijduvon tumani “Guliston” MFYdagi aholi xonadonida portlash sodir bo'lganligi bildirilgan. 

Voqeaning taxminiy sababi, fuqaroning yashash uyida gaz sizib chiqib to'planishi hamda chiroqni yoqishi oqibatida havo gaz aralashmasi portlashi sodir bo'lgan.

Hodisa oqibatida yong'in yuzaga kelmagan, jabrlanganlar va halok bo'lganlar yo'q.

Voqea joyiga viloyat FVB va G'ijduvon tuman IIB mas'ul rahbarlari hamda 2 ta yong'in-qutqaruv ekipaji  yetib borgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qashqadaryoda mahallada o‘tkazilayotgan tadbirda gaz balloni portlagani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21315 | Инструменты