Huawei 1
Toshkentda bojxona mansabdori noqonuniy jamoat tuzishda gumonlanib qo‘lga olindi

Poytaxtdagi milliy taomlar oshxonalaridan birida tungi vaqtda bojxona idoralarining 3 nafar xodimi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi, texnopark direktori o‘rinbosari, xususiy avtomaktab direktori o‘rinbosari, “Sergeli-avto” bozorida savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va boshqalardan iborat jami 17 nafar fuqaro ovqatlanish bahonasida to‘planib, turli xil diniy adabiyotlardan foydalangan holda noqonuniy jamoat ko‘rinishidagi yig‘inlarni tashkil etishgan.

1976-2001-yillar oralig‘ida tug‘ilgan mazkur shaxslarning ko‘pchiligi asli namanganlik bo‘lib, hozirda Toshkent shahrida istiqomat qilishadi.

Aniqlanishicha, Bojxona qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari dinga mutaassiblarcha berilib, 2021-yildan boshlab mazkur norasmiy diniy darslarni muntazam ravishda tashkil etib kelgan. U har bir dars uchun jamoat aʼzolaridan maʼlum miqdorda pul yig‘ib, ustozlarga bergan.

Guruh aʼzolari 1989-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan va hozirda Misr Arab Respublikasida bo‘lgan shaxsdan “Telegram” messenjeri orqali onlayn tarzda saboq olishgan.

Shuningdek, ularga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi ham offlayn tarzda diniy maʼruzalar o‘tgan.

Hozirda Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bojxona organlari tezkor xodimi va katta inspektori, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi hamda jamoat aʼzolariga Misr davlatidan turib, onlayn tarzda diniy saboq bergan fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 216-moddasi (Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qolgan fuqarolar jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb qilingan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent viloyatida litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgan turfirmalar jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21314 | Инструменты