Koronavirus: kecha O'zbekistonning barcha hududlarida kasallik qayd etilib, yana 1 nafar bemor vafot etdi
2021 yil 14 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104113 (+300) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
6 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
15 nafari Jizzax viloyatida,
24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
4 nafari Namangan viloyatida,
5 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
50 nafari Surxondaryo viloyatida,
16 nafari Farg‘ona viloyatida,
8 nafari Xorazm viloyatida,
7 nafari Toshkent viloyatida,
149 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar,
Andijon viloyatida 21 nafar,
Buxoro viloyatida 8 nafar,
Jizzax viloyatida 20 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 26 nafar,
Navoiy viloyatida 1 nafar,
Namangan viloyatida 19 nafar,
Samarqand viloyatida 17 nafar,
Sirdaryo viloyatida 22 nafar,
Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
Toshkent viloyatida 22 nafar,
Toshkent shahrida 79 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99986 (+253) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 709 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3418 nafar bemor davolanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61301 | Инструменты