Huawei 1
“Koronavirusda osma ukol olish zararli va o'lim xavfini oshiradi”

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva quyidagi ma'lumotlarni aytib o'tdi.

— Odamlar "Oldin shamollaganimda osma ukol olgandim, yana bir marta olsam, o'tib ketadi deb o'yladim" deyishadi. Kasallikning 6-7-kuniga borib, ularning ahvoli og'irlashishni boshlayapti. Tomografiyaga tushishyapti, o'pkaning jarohatlangani, suv yiqqanini ko'rishyapti. Bu davrda endi biz ambulator sharoitda yordam berolmaymiz.

Osma ukollardan keyin, kasallikning 5-6-kunida o'pka suyuqlik yig'ishni boshlayapti, o'pka shishi kelib chiqyapti. Hozirgi kunda o'layotgan bemorlarning hamma tashxisini ko'ring: o'pka shishishi! Bular o'zidan-o'zi kelib chiqmayapti. Hammasi osma ukol ta'siri.
Buyraklarimiz u suyuqlikn chiqarib tashlashga ulgurmayapti. Bu yurak qobig'ida ham suyuqlik yig'ilishiga olib kelishi, jigarni ishdan chiqarishi mumkin.

Osma ukol olishdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing! Odamlar osma ukollardan voz kechsa, O'zbekistonda o'lim ko'rsatkichi kamayardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112508 | Инструменты