Endi 50 yoshdan oshganlar ham virusga qarshi davlat byudjeti hisobidan emlanadi - SSV
Koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi, deya xabarbermoqda Sog'liqni saqlash vazirligi.
Ma'lum bo'lishicha, Respublika maxsus komissiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va ilmiy markazlar olimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig'ilishida mamlakatimizda koronavirus bilan bog'liq epidemiologik vaziyat hamda ushbu infeksiya bilan kasallanish holatlarini oldini olishga qaratilgan masalalar muhokama qilingan.
Yig'ilishda mas'ul rahbarlar hisobotlari eshitilib, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini oldini olishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilingan.
Shu bilan birga, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlarida aholi faolligini oshirish maqsadida, 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolarni hamda oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarini xavf osti guruhiga mansub aholi qatlami qatorida bosqichma-bosqich Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan emlash tadbirlarini jadallashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan.
Shuningdek, so'nggi kunlarda infeksiya bilan kasallanish holatlari biroz ortganligini inobatga olib, hududlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga yo'naltirilgan tibbiyot muassalarining tayyorgarlik holatini tahlil qilish va zarur dori vositalari zaxirasini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berilgani ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111407 | Инструменты