“Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash to'g'risida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Unga ko'ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari to'lash sanasida amalda bo'lgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:
- kripto-birja uchun – 73 400;
- mayning-pul uchun – 3 000;
- kripto-depozitariy uchun – 7 000;
- kripto-do'kon uchun – 3 700.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121818 | Инструменты