Huawei 1
“Layk” uchun otasini urishini aytgan blogerning harakatiga huquqiy baho beriladi – IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bir yigitning 100 mingta "layk" uchun otasini urishini aytgani aks etgan video tarqaldi. Holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi.

Aniqlanishicha, video joriy yilning 1 noyabr kuni tasvirga olingan. U.S ismli ushbu yigit videoni hazil tariqasida olganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat boshqa takrorlanmaydi.

Yigit videoni TikTok platformasiga joylashi, agar 200 ming "layk" yig‘sa, otasini qariyalar uyiga yuborishini va o‘zining bu so‘zlariga javob berishini ham aytgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokama va tanqidlarga sabab bo‘lganidan so‘ng, yigit uzr so‘rab chiqdi va videoni o‘chirib tashladi.

IIBB xabariga ko‘ra, holat nazoratga olingan, natijasi bo‘yicha axborot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122619 | Инструменты