Litsenziya olish tartibi soddalashtiriladi - DXA

Davlat xizmatlari agentligining  xabariga ko'ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning:


– ayrim turlari umuman bekor qilinadi (masalan, qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalashda investitsiya fondi faoliyati va boshqalar);

– ayrim turlari birlashtirish yo'li bilan bekor qilinadi (veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun biologik preparatlarni sotish va boshqalar);

 – ayrim turlari xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo'li bilan bekor qilinadi (lombardlar faoliyatiga litsenziya va boshqalar).

Xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi o'z kuchida qoladi va ushbu faoliyat (harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61505 | Инструменты