Huawei 1
Litva korxonalari bilan 200 nafar O'zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish to'g'risida kelishuvga erishildi

Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Litvaning "WorldHalal trust" hamda "FA Solutions" kompaniyalari rahbariyati o'rtasida muzokaralar tashkil etildi

Uchrashuvda Litva kompaniyalariga O'zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.  

Muzokaralar natijasida 200 nafar vatandoshimizni Litva korxonalariga ishga qabul qilish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Tomonlar o'rtasida tuzilgan kelishuvga ko'ra, O'zbekiston fuqarolari go'sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash va qayta ishlash korxonalarida ish bilan ta'minlanadilar.

Litvada ish bilan ta'minlanadigan O'zbekiston fuqarolarining 50 kishidan iborat birinchi guruhi shu yil noyabr oyida Vilnyus shahriga jo'natilishi rejalashtirilmoqda.

"WorldHalal trust" – Litva, Gretsiya, Buyuk Britaniya, Qozog'iston, O'zbekiston, Mo'g'uliston, Belarus, Rossiya, Turkiya va Xitoyda joylashgan halol sertifikatlash sohasida ko'p yillik tajribaga ega kompaniya hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy faoliyati go'sht, sut, gigiyena va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni sertifikatlashdan iborat. Korxona yirik fermer xo'jaliklari, qoramol va parranda go'shtini qayta ishlash quvvatlariga ega.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92313 | Инструменты