Avvalroq, O‘zbekistonda mediamahsulotlar “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
“Maʼnaviyat ekspertizasi” loyihasi yo‘lga qo‘yilayotgani faol jamoatchilik vakillari tomonidan turlicha qarashlar bilan talqin qilinmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi izoh berdi.
"Mazkur loyiha bolalar tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi va o‘sib kelayotgan avlodning ongiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mediamahsulotlar tarqatilishini oldini olishga qaratilmoqda.
Alohida taʼkidlash lozimki, ushbu loyiha mediakontentlarning yoshlar, ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga taʼsiridan xavotirlangan ota-onalar, ziyolilar, shuningdek, keng jamoatchilik so‘rovi, talab va tashabbuslari asosida joriy qilinmoqda.
"Maʼnaviyat ekspertizasi" loyihasi media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi. Ekspertlarning faoliyati media kontent ishlab chiquvchilar, ijodiy guruhlar va badiiy kengashlar uchun tavsiyaviy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.
Bunda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, ijodkorlar, blogerlarning ijod erkinligiga daxl qilinmaydi", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111420 | Инструменты