Majburiy ravishda xodimlarni obuna qildirish yoki ularning ish haqidan ushlab qolinishi mumkinmi?

Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, so'nggi vaqtlarda ijtimoiy tamoqlarda xodimlarning turli bosma ommaviy axborot vositalariga (gazeta va jurnallarga) majburiy obuna bo'lishga undash, ish haqlaridan majburiy ushlab qolish kabi holatlari kuzatilmoqda.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq xodimlarni ularning yozma roziligisiz, jumladan shunday rozilik berishga majbur qilingan holda ish haqidan obuna, kommunal to'lovlar va boshqalar uchun ushlab qolish qonunga zid hisoblanadi.

Quyidagi hollar bundan mustasno: Mehnat kodeksiga asosan soliqlar undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va shu kabi holatlar xodimning roziligisiz ushlab qolinishi.

"Agar shunday holatga duch kelsangiz Adliya vazirligining ishonch telefoniga (1008) yoki tuman (shahar) adliya bo'limlariga murojaat qilishingiz mumkin" - deyiladi xabarda.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51219 | Инструменты