Huawei 1
Majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar yuzasidan davlat boji bekor qilinadi

Normativ hujjatlaridagi ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun bilan kichik, yoshlar va tadbirkorlik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasining alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida mazkur qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Yangi meʼyorlar eskirgan tartibga solish mexanizmlari bartaraf etilishiga, ulardagi normalarning amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirilishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Majlisda “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham muhokama qilindi. Qonun bilan maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslar joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Mazkur qonun tadbirkorlarning xarajatlarini qisqartirishga va erkin faoliyat olib borishlariga, sug‘urta xizmatlari isteʼmolchilarining qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92521 | Инструменты