Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda Toshkent shaxar Obodonlashtirish boshqarmasi tashabbusi bilan poytaxtning yashil maydonlarida mavjud manzarali va mevali daraxtlarga qush uyalari ilib chiqilmoqda.
Shahrimiz yashil maydonlarida parvarish qilinayotgan daraxt va butalarnig yashilligini saqlab qolish, bioxilmaxillikni asrash, qushlar biofondini boyitish maqsadida tashabbuskor loyixa doirasida qush uyalarini poytaxtimizdagi xiyobon va bog‘lar, yashil maskanlarga o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
"Bu albatta, qushlarni muhofaza qilgan holda ularning inson omili yordamida ko‘payishi, tarqalishiga ko‘mak beradi. Zararli organizmlar o‘simlik dunyosiga salbiy taʼsir ko‘rsatishining oldini olishda qushlar ozuqa zanjiri muhim o‘rin egallaydi. Amaliy ish jarayonida 500 ga yaqin qush inlarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Shahrimizning “Moviy gumbazlar” istirohat bog‘iga 100 ga yaqin uyalar daraxtlarga qo‘yib chiqildi. Huddi shunday qush inlari Chilonzor, Yunusobod, Shayxontohur, Yakkasaroy tumanlari yashil hududlardagi daraxtlarga ilib chiqilmoqda. Shahar yashilligini saqlab qolish, tabiiy biofondni yana-da boyitish, uni asrab-avaylash, o‘simlik va qushlar olami zanjirini mustahkamlash barchamizning vazifamiz. Shunday ekan, kelajak avlodga go‘zal tabiatni qoldirish muhim", – deydi Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi inspektori Nodira Mamajonova.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122319 | Инструменты