Huawei 2
Maqsud Isoqov Geologiya fanlari universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Hukumatning 2022 yil 29 apreldagi qarori bilan Maqsud Uzoqovich Isoqov Geologiya fanlari universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u universitetning ilmiy ishlar, innovatsiyalar va moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Maqsud Isoqov 1971 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1993 yil Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Geologiya-mineralogiya fanlari doktori.

Eslatib o'tamiz, shu paytgacha Geologiya fanlari universitetining rektori lavozimida Bobur Islomov ishlab kelayotgandi.

2020 yil 8 iyun kuni O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti tashkil qilingandi.

Unga ko‘ra, universitet Davlat geologiya qo‘mitasi tizimiga qarashli bo‘lib, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun geologiya yo‘nalishidagi malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha respublikaning ixtisoslashgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Universitetda talabalar O‘zbekiston davlat ta’lim standartlari asosida geologiya va konchilik yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha, ular bilan erishiladigan kelishuvlarga muvofiq o‘qitiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga