Prezidentning “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni (PF–81-son, 31.05.2023-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) tashkil etildi.
Universitet va O'zbekistan davlat tabiat muzeyi binolarini foydalanishga tayyor holda topshirish bilan bog'liq qurilish xarajatlari 2024-yilga mo'ljallangan O'zbekistan Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan holda moliyalashtiriladi.
Majmua bilan bog'liq, shaharsozlik hujjatlari Yangi Tashkent hududining bosh rejasi loyihasi doirasida va u bilan tuliq uyg'unlashtirgan holda ishlab chiqiladi.
Universitet yotoxonasi binosini foydalanishga tayyor holda topshirish bilan bog'liq xarajatlar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida moliyalashtiriladi.
Bundan tashqari, majmuada "San’at va tabiat" jamoatchilik markazi, turli galereyalar va ekspozitsiyalar hamda ekomehmonxona joylashtiriladi shuningdek, ekologik toza mahsulotlar savdosiga mo'ljallangan savdo do'konlari faoliyati yo'lga qo'yiladi.
Shu bilan birga, 2023-yil 1-iyulgacha Respublikada tashkil etiladigan ekologik aksiyalar maxsus platformasi ishga tushiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42509 | Инструменты