Huawei 1
Namangan viloyatidagi AYOQShda yonilg‘i tarqatish ustuniga tashqi ta’sir ko‘rsatish holati aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Mingbuloq tumanida joylashgan “Z.M.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu shoxobchadagi yonilg‘i tarqatish ustunlariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali sotilayotgan neft mahsuloti miqdorini o‘zgartirish holati aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida (49,5 mln so‘mlik) iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42503 | Инструменты