Huawei 1
Toshkentdagi xususiy bog‘chada 7 yoshli bola kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqda bog‘chada bolaning kaltaklaganligi aks etgan xabarlar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan Bolalar Ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro G.A. (ayol) ning murojaati kelib tushgan.

Ayol joriy yilning 13 mart kuni voyaga yetmagan farzandi V.D. (2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) nodavlat maktabgacha taʼlim muassasiga borgan vaqtida muassasa administratori U.I (1989 yilda tug‘ilgan ayol) bolani urib, jarohat yetkazganligini maʼlum qilgan.

Aniqlanishicha, administrator lavozimida ishlab kelgan U.I 2018 yilda tug‘ilgan V.D. ga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni kamera yo‘q xonaga olib chiqib qasddan urib, sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga olib kelmagan yengil tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida maʼmuriy javobgarlikka oid ish materiallari sudga yuborildi.

Sud tomonidan tarbiyachi I.U. ga nisbatan MJtK ning 52-moddaning 2-qismi bo‘yicha jarima jazosi qo‘llanilgan.

Maʼlumot o‘rnida, I.U. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham bekor qilinib, uning mazkur muassasada faoliyati yakunlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42505 | Инструменты