Huawei 1
Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish tizimi yanada soddalashtiriladi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

Qonunga maxsus iqtisodiy zonalarning ma'muriy kengashlarini tugatib, ularning vazifalarini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining zimmasiga yuklatishni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari Qonunda maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo'yicha qarorlar qabul qilish muddatlarini maqbullashtirish va investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinib, loyihalarning belgilangan talablarga muvofiqligi to'g'risidagi xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi haqidagi normani belgilash nazarda tutilmoqda.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20511 | Инструменты