Huawei 1
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Majburiy ijro byurosining Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bosh prokuror buyrug‘i bilan Otabek Salmonov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Salmonov 1982-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ish faoliyatini 2009-yilda Sud ijrochilari Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar bo‘limi sud ijrochisi vazifasidan boshlagan. 2014—2022-yillarda Sud departamenti Namangan viloyati hududiy boshqarmasi hamda MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2022-yilning mart oyidan buyon byuroning Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Xuddi shuningdek, bosh prokuror buyrug‘i bilan Ayubxon Alimovich Alimov MIB Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ayubxon Alimov 1981-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2007-yilda Sud ijrochilari Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman bo‘limi sud ijrochisi vazifasidan boshlagan.

2018-yildan byuro organlarida bir qator mas’ul lavozimlarida ishlab kelgan. 2021-yilda Dang‘ara tuman, keyinchalik Qo‘qon shahar bo‘limlari boshlig‘i sifatida xizmat qilgan.

Tayinlovga qadar byuroning Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111409 | Инструменты