Huawei 1
Migratsiya agentligi Moskvadagi migrantlarga qarshi reyd bo‘yicha xavotir bildirdi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Moskvadagi reydlar chog‘ida chet el fuqarolariga, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani haqidagi xabarlardan “afsus va taassufda” ekanini ma’lum qildi.

Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolarining huquqiy maqomini tekshirish bo‘yicha tadbirlar davomida OAV Rossiya gvardiyasi xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani haqida xabar berdi.

“Rossiya hukumati vakillari va yirik ish beruvchilar tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatga tartibli va tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilishga yildan yilga keskin qiziqish ortib borayotgan bir sharoitda ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chet el fuqarolariga nisbatan bunday qo‘pol munosabatni kuzatilishi afsus va taassuf uyg‘otadi”, — deyiladi agentlikning 9-iyundagi xabarida.

Holat O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan. Idora Rossiya huquq-tartibot idoralaridan rasmiy ma’lumot kutmoqda.

Agentlik xavfsizlik kuchlarining xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini zudlik bilan huquqiy va konsullik yordamiga murojaat qilishga chaqirdi. Xususan, bu tan jarohati yetkazish, huquqlarni buzish yoki boshqa huquqiy muammolarga tegishli.

Murojaat uchun telefonlar: +7 925 045-47-44, Telegram: @pomoshrussiamigrant, @huquqiy_yordam_uzbot

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61306 | Инструменты